Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

SAYYOR QABUL: FUQAROLAR MUROJAATLARI TINGLANDI

SAYYOR QABUL: FUQAROLAR MUROJAATLARI TINGLANDI

Xalq deputatlari Pop tuman Kengashi deputati N. Mavlonova Hazratibob mahallasi faxriy nuroniysi M. Xolmatov bilan birgalikda Tinchlik va Hazratibob mahallalari fuqarolarini qabul qildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan 3 ta murojaat va takliflar tinglanib, ularning mazmuni atroflicha o‘rganildi. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish muhimligi ta’kidlandi.

Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, ularning muammolariga ijobiy yechim topish hamda aholi manfaatlarini ta’minlash deputatlik faoliyatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 2