Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xo‘jaobod mahallasida Kengash raisi tashabbusi bilan ichki yo‘lni asfaltlash ishlari boshlandi
янв.21
Deputat mahallada: Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari va muammolari o‘rganildi
янв.21
Infratuzilma: ishlar joyida o‘rganildi
янв.21
Bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha xonadonbay o‘rganishlar olib borildi
янв.21
Bozorlarda narx-navo deputat nazoratida: G‘urumsaroy dehqon bozorida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tog‘lar bag‘rida — yoshlar orzulari sari yo‘l
янв.21
DEPUTAT QABULI: NAVBATDAGI QABUL O‘TKAZILDI
“DAMBOG‘” MAHALLASIDA FUQARONING TIBBIY-IJTIMOIY VA KOMMUNAL MUAMMOLARI KO‘RIB CHIQILDI

“DAMBOG‘” MAHALLASIDA FUQARONING TIBBIY-IJTIMOIY VA KOMMUNAL MUAMMOLARI KO‘RIB CHIQILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamalov “Dambog‘” mahallasida yashovchi fuqaroning xonadonida bo‘lib, uning yashash sharoiti va murojaatida ko‘tarilgan masalalarni joyida o‘rgandi.

Fuqaro bilan o‘tkazilgan muloqot davomida tibbiy-ijtimoiy xizmatlardan foydalanish, zarur ko‘makni tashkil etish hamda kommunal xizmatlar bilan bog‘liq muammolar muhokama qilindi. Har bir masala yuzasidan zarur choralarni belgilash, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda mavjud muammolarni hal etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Aholi murojaatlarini joyida o‘rganish jarayonida fuqaroning ehtiyojlarini inobatga olgan holda zarur yordamni tashkil etish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish va kommunal xizmatlar bilan bog‘liq masalalarga amaliy yechim topishga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganish Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalar hamda Kengashning 162 ta qonun hujjatini doimiy komissiyalar kesimidagi taqsimoti doirasida fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash vazifalari bilan uzviy bog‘liqdir.

Jumladan, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-445-son, 2017-yil 11-sentabr) talablaridan kelib chiqib, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va qonuniy hal etish muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘rganish yakunida fuqaroning murojaatida ko‘tarilgan masalalarni hal qilish, zarur tibbiy-ijtimoiy yordamni tashkil etish hamda kommunal muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va murojaat yuzasidan amaliy natijaga erishishga alohida e’tibor qaratildi. 

Slide 1 of 6