Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xo‘jaobod mahallasida Kengash raisi tashabbusi bilan ichki yo‘lni asfaltlash ishlari boshlandi
янв.21
Deputat mahallada: Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari va muammolari o‘rganildi
янв.21
Infratuzilma: ishlar joyida o‘rganildi
янв.21
Bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha xonadonbay o‘rganishlar olib borildi
янв.21
Bozorlarda narx-navo deputat nazoratida: G‘urumsaroy dehqon bozorida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tog‘lar bag‘rida — yoshlar orzulari sari yo‘l
янв.21
DEPUTAT QABULI: NAVBATDAGI QABUL O‘TKAZILDI
3-SONLI TEXNIKUMDA KASBGA O‘QITISH JARAYONI BILAN TANISHILDI

3-SONLI TEXNIKUMDA KASBGA O‘QITISH JARAYONI BILAN TANISHILDI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi O. Mamatkarimov, Namangan viloyati Kengashi Kotibiyati mudiri T. Gapparov, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi R. Isakov, shahar Kengashi Kotibiyati mudiri N. Ubaydullayev hamda Kotibiyat bosh mutaxassislari A. Nurmatov va M. Abdulmajidov tomonidan Namangan shahridagi 3-sonli texnikumda kasbga o‘qitish jarayoni bilan tanishildi.

Tashrif davomida texnikumda kasbiy ta’limni tashkil etish, o‘quvchilarga zamonaviy kasb-hunarlarni o‘rgatish, nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirish hamda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan xonalar va ustaxonalarning holati, moddiy-texnik baza hamda ta’lim jarayonida zamonaviy yondashuvlardan foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

Kasbiy ta’lim sifatini oshirish, yoshlarni mehnat bozori talablariga mos kasblarga tayyorlash, bitiruvchilarning bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirish yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur o‘rganish Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalar hamda Kengashning 162 ta qonun hujjatini doimiy komissiyalar kesimidagi taqsimoti doirasida yoshlarning kasbiy ta’lim olishi va bandligini ta’minlash vazifalari bilan uzviy bog‘liqdir.

Jumladan, “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-637-son, 2020-yil 23-sentabr) hamda “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-642-son, 2020-yil 20-oktabr) talablaridan kelib chiqib, yoshlarni kasbga tayyorlash va ularning mehnat faoliyatiga kirishish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida kasbiy ta’lim sifatini yanada oshirish, amaliy mashg‘ulotlar samaradorligini kuchaytirish hamda bitiruvchilar bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiya va vazifalar belgilab olindi.
 

Slide 1 of 8