Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xo‘jaobod mahallasida Kengash raisi tashabbusi bilan ichki yo‘lni asfaltlash ishlari boshlandi
янв.21
Deputat mahallada: Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari va muammolari o‘rganildi
янв.21
Infratuzilma: ishlar joyida o‘rganildi
янв.21
Bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha xonadonbay o‘rganishlar olib borildi
янв.21
Bozorlarda narx-navo deputat nazoratida: G‘urumsaroy dehqon bozorida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tog‘lar bag‘rida — yoshlar orzulari sari yo‘l
янв.21
DEPUTAT QABULI: NAVBATDAGI QABUL O‘TKAZILDI
“GULISTON” MAHALLASIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “17-Samandarak” saylov okrugi deputati I.Axmedov faoliyat yuritayotgan “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘inida viloyat Kengashi deputati M.Xurboyev, Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi U.Raximjonovlar ishtirokida mahallada kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda ehtiyojmand oilalarga manzilli ko‘mak ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.

📊 O‘rganish davomida mahallada Ijtimoiy reyestrga jami 191 nafar fuqaro kiritilgani, amalga oshirilgan manzilli chora-tadbirlar va ko‘rsatilgan ijtimoiy ko‘maklar natijasida 30 nafar fuqaro reyestrdan chiqarilgani ma’lum bo‘ldi. Ushbu ko‘rsatkichlar mahallada aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, oilalarning turmush sharoitini yaxshilash va ularning mavjud muammolarini hal etishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish muhimligini ko‘rsatadi.

🔎 O‘rganish jarayonida kambag‘allikni qisqartirishda manzilli yondashuvni kuchaytirish, mehnatga layoqatli fuqarolarni ish bilan ta’minlash, ularning daromad manbalarini kengaytirish hamda ehtiyojmand oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, har bir oilaning mavjud ehtiyoj va muammolaridan kelib chiqib, ularga ko‘rsatilayotgan yordamning samaradorligini oshirish, fuqarolarning iqtisodiy faolligini qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar bilan tizimli ishlash muhimligi ta’kidlandi.

📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha mahallada kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan ishlarni yanada jadallashtirish, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolarini manzilli o‘rganish, fuqarolarni bandlikka jalb etish va ularning daromadlarini oshirishga ko‘maklashish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Shuningdek, aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash choralarini kuchaytirish hamda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish orqali aholi turmush farovonligini yuksaltirish zarurligi qayd etildi.

Slide 1 of 7