Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xo‘jaobod mahallasida Kengash raisi tashabbusi bilan ichki yo‘lni asfaltlash ishlari boshlandi
янв.21
Deputat mahallada: Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari va muammolari o‘rganildi
янв.21
Infratuzilma: ishlar joyida o‘rganildi
янв.21
Bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha xonadonbay o‘rganishlar olib borildi
янв.21
Bozorlarda narx-navo deputat nazoratida: G‘urumsaroy dehqon bozorida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tog‘lar bag‘rida — yoshlar orzulari sari yo‘l
янв.21
DEPUTAT QABULI: NAVBATDAGI QABUL O‘TKAZILDI
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Nazirov Madaminjon Ma’rufjon o‘g‘li tomonidan Hayrobod Eshon ziyoratgohi hududida o‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.

🔎 O‘rganish jarayonida hududda kesilgan daraxt shox-shabbalarining olib chiqib ketilmagani, qurib qolgan daraxtlarning kesilmagan shoxlari esa fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlar aniqlandi.

Shuningdek, ziyoratgoh hududida tahoratxona uchun mo‘ljallangan bino qurilishi bir necha yildan buyon yakunlanmaganligi qayd etildi.

✍️ Deputatlik so‘rovida:
▪️ kesilgan shox-shabbalarni hududdan olib chiqib ketish va tozalash ishlarini amalga oshirish;
▪️ xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan qurigan daraxt shoxlarini mutaxassislar ishtirokida ko‘zdan kechirish va zarur choralarni ko‘rish;
▪️ tugallanmagan bino qurilishining sabablarini o‘rganish hamda masalani qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish;
▪️ ziyoratgoh hududini obodonlashtirish va madaniy meros obyektining saqlanishini ta’minlash masalalari ko‘tarildi.

✅ Mazkur deputatlik so‘rovi orqali aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda Hayrobod Eshon ziyoratgohining muhofazasi va saqlanishi yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi so‘raldi.


Slide 1 of 1