Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xo‘jaobod mahallasida Kengash raisi tashabbusi bilan ichki yo‘lni asfaltlash ishlari boshlandi
янв.21
Deputat mahallada: Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari va muammolari o‘rganildi
янв.21
Infratuzilma: ishlar joyida o‘rganildi
янв.21
Bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha xonadonbay o‘rganishlar olib borildi
янв.21
Bozorlarda narx-navo deputat nazoratida: G‘urumsaroy dehqon bozorida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tog‘lar bag‘rida — yoshlar orzulari sari yo‘l
янв.21
DEPUTAT QABULI: NAVBATDAGI QABUL O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

19¹-modda
🏗 Qurilish jarayoniga deputatlik nazorati


Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Sherpo‘lat Boyqulov, hamda Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi raisi Otabek Tursunov, tegishli mas’ullar hamda mahalla faollari ishtirokida “Katta hayot” mahallasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

🔹 O‘rganish davomida mahalla hududida olib borilayotgan ko‘p qavatli uy qurilish ishlarining borishi, loyiha hujjatlariga muvofiqligi hamda qurilish jarayonining belgilangan talablar asosida tashkil etilishi ko‘zdan kechirildi.

🏗 Nazorat-tahlil jarayonida qurilish ishlarining sifati, foydalanilayotgan qurilish materiallari, mehnat va texnika xavfsizligi talablariga rioya etilishi, shuningdek, obyektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🌿 Shuningdek, ko‘p qavatli uy atrofini obodonlashtirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini tartibga keltirish hamda kelgusida aholi uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilindi.

📌 Tadbir yakunida aniqlangan masalalarni bartaraf etish, qurilish ishlarini sifatli tashkil etish va obyekt qurilishini belgilangan talablar asosida davom ettirish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 5