Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xo‘jaobod mahallasida Kengash raisi tashabbusi bilan ichki yo‘lni asfaltlash ishlari boshlandi
янв.21
Deputat mahallada: Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari va muammolari o‘rganildi
янв.21
Infratuzilma: ishlar joyida o‘rganildi
янв.21
Bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha xonadonbay o‘rganishlar olib borildi
янв.21
Bozorlarda narx-navo deputat nazoratida: G‘urumsaroy dehqon bozorida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tog‘lar bag‘rida — yoshlar orzulari sari yo‘l
янв.21
DEPUTAT QABULI: NAVBATDAGI QABUL O‘TKAZILDI
Uvaysiy ko‘chasidagi jamoaviy murojaatlar joyida o‘rganildi

Aholi murojaati — deputat e’tiborida.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolarning jamoaviy murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni joyiga chiqib o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashish borasida amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish Uvaysiy ko‘chasida o‘tkazilib, unda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Mustafakulov, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov, bosh mutaxassisi R.Mamashukurov, ekspert guruhi a’zosi, 1-“Temiryo‘lchi” saylov okrugi deputati X.Fayzullayev hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Aholi bilan bevosita muloqot davomida ko‘chaning ichki yo‘llarini asfaltlash, xonadonlarni issiq va sovuq suv bilan ta’minlash, elektr energiyasi hamda tabiiy gaz ta’minotidagi muammolar yuzasidan aniq taklif va murojaatlar bildirildi.

Muammolar aholi bilan bevosita muloqotda aniqlandi

O‘rganish davomida deputatlar ko‘chaboshi va aholi vakillari bilan ochiq muloqot qilib, hududdagi mavjud muammolarni tingladi.

Suhbat davomida fuqarolar tomonidan, xususan:

🔹 Uvaysiy ko‘chasining ichki yo‘llariga asfalt yotqizish;

🔹 xonadonlarni suv bilan ta’minlash;

🔹 elektr energiyasi ta’minotidagi masalalarni hal etish;

🔹 tabiiy gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Murojaat ijrosi nazoratga olinadi

Deputatlar tomonidan bildirilgan har bir murojaatning amaliy yechimi muhim ekani ta’kidlanib, ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputat so‘rovi kiritilishi ma’lum qilindi.

Shuningdek, mavjud muammolarni tizimli ravishda hal etish maqsadida masalalarni Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish belgilandi.

Bu kabi sayyor o‘rganishlar aholining murojaatlarini shunchaki tinglash bilan cheklanmay, ularni mas’ul tashkilotlar ishtirokida muhokama qilish, aniq vazifalar belgilash va ijrosini deputatlik nazorati asosida kuzatib borish imkonini bermoqda.

Slide 1 of 6