Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xo‘jaobod mahallasida Kengash raisi tashabbusi bilan ichki yo‘lni asfaltlash ishlari boshlandi
янв.21
Deputat mahallada: Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari va muammolari o‘rganildi
янв.21
Infratuzilma: ishlar joyida o‘rganildi
янв.21
Bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha xonadonbay o‘rganishlar olib borildi
янв.21
Bozorlarda narx-navo deputat nazoratida: G‘urumsaroy dehqon bozorida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tog‘lar bag‘rida — yoshlar orzulari sari yo‘l
янв.21
DEPUTAT QABULI: NAVBATDAGI QABUL O‘TKAZILDI
🌱 “Yashil makon” doirasida monitoring o‘tkazildi

 “Yashil makon” doirasida monitoring o‘tkazildi

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Taxiatosh tumani partiya Kengashi hamda Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich hamkorligida Xalqlar do‘stligi MFY hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt va ko‘chatlarning holati yuzasidan monitoring o‘tkazildi.

Monitoring davomida hududdagi yashil maydonlar, daraxt va ko‘chatlarning umumiy holati, ularni sug‘orish hamda parvarishlash ishlari o‘rganildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, hududdagi daraxtlarning holati yaxshi darajada ekani, ko‘chatlar muntazam ravishda suv bilan ta’minlanayotgani va parvarishlash ishlari yo‘lga qo‘yilgani kuzatildi. 🌳💧

Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasining asosiy maqsadlari — yashil hududlarni kengaytirish, aholi uchun qulay ekologik muhit yaratish va daraxtlarni asrab-avaylashga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, Prezidentimizning 2026-yil 21-sentabrdagi “Yashil makon” loyihasini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha belgilangan vazifalarida daraxtlarni ekish bilan bir qatorda, ularning yashovchanligini ta’minlash, sug‘orish va kamida uch yil davomida parvarishlash, mahallalarda daraxtlar holatini muntazam kuzatib borish zarurligi alohida ta’kidlangan.

Avvalroq Prezident Farmoni bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi joriy etilib, aholi punktlarini ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va butalarni muhofaza qilish hamda yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha tizimli vazifalar belgilangan edi.

Slide 1 of 3