Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xo‘jaobod mahallasida Kengash raisi tashabbusi bilan ichki yo‘lni asfaltlash ishlari boshlandi
янв.21
Deputat mahallada: Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari va muammolari o‘rganildi
янв.21
Infratuzilma: ishlar joyida o‘rganildi
янв.21
Bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha xonadonbay o‘rganishlar olib borildi
янв.21
Bozorlarda narx-navo deputat nazoratida: G‘urumsaroy dehqon bozorida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tog‘lar bag‘rida — yoshlar orzulari sari yo‘l
янв.21
DEPUTAT QABULI: NAVBATDAGI QABUL O‘TKAZILDI
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #6_band #162_qonun #sessiya_kun_tartibiga_kiritilgan_masala #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi

Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish hamda tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish masalalari deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov 3-“Shifokor” saylov okrugi deputati O.Lapasovaning saylov okrugiga qarashli Shifokor mahallasida bo‘lib, mahalladagi xotin-qizlar faoli faoliyatini o‘rgandilar.

O‘rganish jarayonida xotin-qizlar bilan ishlashning amaliy holatiga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan:

🔹 tazyiq va zo‘ravonlikka uchrashi mumkin bo‘lgan xotin-qizlarni barvaqt aniqlash, ular bilan profilaktik ishlarni tashkil etish va zarur hollarda himoya orderi rasmiylashtirilishi;

🔹 “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini hal etish, ularga ijtimoiy, huquqiy va moddiy ko‘mak ko‘rsatish;

🔹 ishsiz xotin-qizlarni bandlikka jalb etish, ularni kasb-hunarga, kasanachilik va tadbirkorlikka yo‘naltirish;

🔹 ajrim yoqasidagi oilalar bilan manzilli ishlash, oilaviy nizolarning oldini olish va mahallada sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash masalalari tahlil qilindi.

Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputatlari faoliyati bo‘yicha belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etilib, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishga oid qonunchilik talablari ijrosi nuqtayi nazaridan olib borildi.

O‘rganish yakunida deputat tomonidan xotin-qizlar faoli faoliyatini yanada kuchaytirish, muammoli oilalar bilan individual va manzilli ishlash, tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha tegishli deputatlik tavsiya va topshiriqlari berildi.

Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, oilalar barqarorligini ta’minlash — deputatlik nazoratining doimiy e’tiborida.