Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xo‘jaobod mahallasida Kengash raisi tashabbusi bilan ichki yo‘lni asfaltlash ishlari boshlandi
янв.21
Deputat mahallada: Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari va muammolari o‘rganildi
янв.21
Infratuzilma: ishlar joyida o‘rganildi
янв.21
Bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha xonadonbay o‘rganishlar olib borildi
янв.21
Bozorlarda narx-navo deputat nazoratida: G‘urumsaroy dehqon bozorida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tog‘lar bag‘rida — yoshlar orzulari sari yo‘l
янв.21
DEPUTAT QABULI: NAVBATDAGI QABUL O‘TKAZILDI
Kengash_faoliyati

#kengash_raisi
#deputat_faoliyati
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#Murojaat_ijrosi

“NAVRO‘Z” MAHALLASIDA KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB QONUNCHILIK IJROSI VA AHOLI MUAMMOLARI XONADONBAY O‘RGANILDI

Bandixon tumanida aholi turmush farovonligini oshirish, fuqarolar murojaatlarini bevosita xonadonlarda tinglash hamda joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy va kommunal muammolarga amaliy yechim topish borasida tizimli deputatlik nazorati olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi raisi, 18-“Navro‘z” saylov okrugi deputati Erkinjon Normurodovich Jurayev "Navro‘z" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, ko‘chama-ko‘cha va xonadonbay yurgan holda fuqarolar bilan samimiy muloqotlar o‘tkazdi.

O‘RGANISH DAVOMIDA QUYIDAGI USTUVOR MASALALAR KO‘RIB CHIQILDI:

1. “Yangi O‘zbekiston qiyofasi” dasturi:

Mahallani zamonaviy qiyofaga keltirish, ichki yo‘llar, elektr ta’minoti va kommunal infratuzilmani yaxshilash borasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari atroflicha ko‘zdan kechirildi;

2. Aholi murojaatlari va xonadonbay tahlil:

Nuroniylar va mahalla ahli bilan muloqot o‘tkazilib, aholining yashash sharoitlari, bandlik, ijtimoiy ko‘mak, ichki yo‘llar va kommunal-infratuzilma bilan bog‘liq dolzarb masalalari o‘rganildi;

3. Qonunchilik va tavsiyalar nazorati:

Deputatlar faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida belgilangan 162 ta qonun hujjati hamda 24 ta tavsiyaning mahalladagi ijro etilishi holati chuqur tahlil qilindi.

Muloqotlar chog‘ida bildirilgan barcha murojaatlar deputatlik nazoratiga olindi. Aniqlangan muammolarni mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar nomiga DEPUTATLIK SO‘ROVLARI yuborilishi va ularning ijrosi tuman Kengashi tomonidan qat’iy nazorat qilib borilishi belgilandi.

"Deputatning o‘rni — xalq orasida! Har bir xonadonga kirib, aholi dardi bilan yashash va muammolarga amaliy yechim topish bosh maqsadimizdir!"

Slide 1 of 1