Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xo‘jaobod mahallasida Kengash raisi tashabbusi bilan ichki yo‘lni asfaltlash ishlari boshlandi
янв.21
Deputat mahallada: Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari va muammolari o‘rganildi
янв.21
Infratuzilma: ishlar joyida o‘rganildi
янв.21
Bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha xonadonbay o‘rganishlar olib borildi
янв.21
Bozorlarda narx-navo deputat nazoratida: G‘urumsaroy dehqon bozorida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tog‘lar bag‘rida — yoshlar orzulari sari yo‘l
янв.21
DEPUTAT QABULI: NAVBATDAGI QABUL O‘TKAZILDI
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #13_band #mudir_ish_rejasi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Shifokor” mahallasida yoshlar uchun yaratilgan sport sharoitlari nazoratda

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov Kengashning 3-“Shifokor” saylov okrugi deputati O.Lapasovaning saylov okrugiga qarashli “Shifokor” mahallasida bo‘lib, navbatdagi nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur jarayon Oliy Majlis Senati tomonidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida tashkil etildi.

Nazorat-tahlil davomida mahalla hududida joylashgan futbol maydonchasining bugungi holati ko‘zdan kechirildi.

Jumladan, sport inshootining umumiy holati, undan yoshlar va aholi tomonidan foydalanish imkoniyatlari, maydonchaning obodonligi hamda mavjud kamchiliklar o‘rganildi.

Shuningdek, hududdagi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va mahallalarda sport infratuzilmasidan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar deputatlar tomonidan tahlil qilinib, futbol maydonchasidan yoshlar uchun yanada qulay va samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda hududda sport bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilanib olindi.

Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlarining bunday shaklda tashkil etilishi mahallalarda mavjud muammolarni bevosita joyiga chiqib aniqlash, ularni mas’ullar bilan muhokama qilish hamda aholi, ayniqsa yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.