Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xo‘jaobod mahallasida Kengash raisi tashabbusi bilan ichki yo‘lni asfaltlash ishlari boshlandi
янв.21
Deputat mahallada: Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari va muammolari o‘rganildi
янв.21
Infratuzilma: ishlar joyida o‘rganildi
янв.21
Bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha xonadonbay o‘rganishlar olib borildi
янв.21
Bozorlarda narx-navo deputat nazoratida: G‘urumsaroy dehqon bozorida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tog‘lar bag‘rida — yoshlar orzulari sari yo‘l
янв.21
DEPUTAT QABULI: NAVBATDAGI QABUL O‘TKAZILDI
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#162_ta_qonun
📌 Mahalla fuqarolar yig‘inlari faoliyati qonunchilik talablari asosida o‘rganildi


🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi Kotibiyati mudiri O.Tursunov tomonidan O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Sherobod tuman bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

📋 O‘rganish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida maxsus ishlab chiqilgan savolnoma asosida tashkil etilib, mahalla fuqarolar yig‘inlari faoliyatining amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi tahlil qilindi.

🔎 Xususan, quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
🔹 mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyatining qonun talablari asosida tashkil etilganligi;
🔹 fuqarolar yig‘ini kengashi yig‘ilishlarining belgilangan tartibda o‘tkazilishi;
🔹 mahalla qarorlarining aholiga o‘z vaqtida yetkazilishi;
🔹 faoliyatda ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga rioya etilishi;
🔹 fuqarolar murojaatlarining belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishi;
🔹 jamoatchilik nazoratining samaradorligi;
🔹 yoshlar, xotin-qizlar, keksalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash bo‘yicha komissiyalar faoliyati;
🔹 mahalla fuqarolar yig‘inlarining davlat organlari bilan hamkorlik darajasi.

🤝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berilib, mahalla fuqarolar yig‘inlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash hamda qonunchilik talablarining to‘liq ijrosini ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3