Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xo‘jaobod mahallasida Kengash raisi tashabbusi bilan ichki yo‘lni asfaltlash ishlari boshlandi
янв.21
Deputat mahallada: Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari va muammolari o‘rganildi
янв.21
Infratuzilma: ishlar joyida o‘rganildi
янв.21
Bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha xonadonbay o‘rganishlar olib borildi
янв.21
Bozorlarda narx-navo deputat nazoratida: G‘urumsaroy dehqon bozorida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tog‘lar bag‘rida — yoshlar orzulari sari yo‘l
янв.21
DEPUTAT QABULI: NAVBATDAGI QABUL O‘TKAZILDI
Farzand tarbiyasi va qonun ustuvorligi: ota-onalar bilan ochiq muloqot.

Farzand tarbiyasi va qonun ustuvorligi: ota-onalar bilan ochiq muloqot.

✅Maktabda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 29-sentabrdagi «Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida»gi O‘RQ-263-sonli Qonuni mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida ota-onalar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Yig‘ilishda farzand tarbiyasida qonun talablariga qat’iy rioya qilish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni turli yot g‘oyalar va salbiy ta’sirlardan asrash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuvda asosiy e’tibor quyidagi jihatlarga qaratildi:

Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish choralari;

Bolalarning maktabga o‘z vaqtida kelib-ketishi, dars mashg‘ulotlaridagi davomati va xulq-atvori uchun ota-onalarning shaxsiy mas’uliyati;

Maktab, oila va mahalla hamkorligini mustahkamlash orqali ta’lim-tarbiya sifatini oshirish.

❗️Ushbu qonun ijrosining amaldagi holatini o‘rganish va uning bajarilishi ustidan ta’sirchan nazorat olib borish Xalq deputatlari kengashi raisi D.Safarova zimmasiga yuklatilgan.

📌Farzandlarimizning baxtli kelajagi va jamiyatimizda qonun ustuvorligini ta’minlashda oilaviy tarbiya hamda jamoatchilik hushyorligi eng asosiy tayanch hisoblanadi.

🇺🇿Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati