Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xo‘jaobod mahallasida Kengash raisi tashabbusi bilan ichki yo‘lni asfaltlash ishlari boshlandi
янв.21
Deputat mahallada: Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari va muammolari o‘rganildi
янв.21
Infratuzilma: ishlar joyida o‘rganildi
янв.21
Bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha xonadonbay o‘rganishlar olib borildi
янв.21
Bozorlarda narx-navo deputat nazoratida: G‘urumsaroy dehqon bozorida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tog‘lar bag‘rida — yoshlar orzulari sari yo‘l
янв.21
DEPUTAT QABULI: NAVBATDAGI QABUL O‘TKAZILDI
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Oylik_Ish_reja_ijrosi
#Ish_reja_ijrosi
📚 Kitobxonlik muhitini rivojlantirish — e’tiborda


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O.Tursunov “Boyqishloq” mahallasi hududida joylashgan 65-sonli umumta’lim maktabining kutubxona markazi faoliyati bilan tanishdi.

🔎 Tashrif davomida kutubxona markazida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud kitob fondi, badiiy va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlanganlik holati, kitoblarning saqlanishi hamda ulardan o‘quvchilar tomonidan foydalanish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.

📖 Shuningdek, o‘quvchilarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, mutolaa madaniyatini shakllantirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni ilm-fan va adabiyotga kengroq jalb etish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.

💡 Kutubxona markazining ta’lim jarayonidagi o‘rnini yanada kuchaytirish, kitob fondini boyitish va o‘quvchilar uchun qulay mutolaa muhitini yaratish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram

Slide 1 of 5