Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xo‘jaobod mahallasida Kengash raisi tashabbusi bilan ichki yo‘lni asfaltlash ishlari boshlandi
янв.21
Deputat mahallada: Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari va muammolari o‘rganildi
янв.21
Infratuzilma: ishlar joyida o‘rganildi
янв.21
Bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha xonadonbay o‘rganishlar olib borildi
янв.21
Bozorlarda narx-navo deputat nazoratida: G‘urumsaroy dehqon bozorida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tog‘lar bag‘rida — yoshlar orzulari sari yo‘l
янв.21
DEPUTAT QABULI: NAVBATDAGI QABUL O‘TKAZILDI
Istiqlol mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini joyiga chiqqan holda o‘rganish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Z.G‘ofurova va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Z.Yakubova tomonidan 19-Mustaqillik saylov okrugi hududidagi “Istiqlol” mahallasida hokim yordamchisining faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etish, yangi daromad manbalarini yaratish hamda mavjud tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Jumladan, mahallada tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan fuqarolarning faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi. YATT Xoliqov Erkin Hamidulloyevich tomonidan milliy shirinliklar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ushbu faoliyat oziq-ovqat sanoati yo‘nalishida mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, YATT Tursunov Ahmad Kamilovich tomonidan savdo do‘koni tashkil etilib, aholiga savdo xizmatlari ko‘rsatilayotgani o‘rganildi.

Deputatlik o‘rganishi davomida mazkur tadbirkorlik subyektlarining faoliyati, yaratilgan sharoitlar, mavjud imkoniyatlar hamda kelgusida faoliyatni kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida mahallada tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, aholi uchun yangi daromad manbalarini ko‘paytirish va bandlikni ta’minlash imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.

Slide 1 of 8