Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xo‘jaobod mahallasida Kengash raisi tashabbusi bilan ichki yo‘lni asfaltlash ishlari boshlandi
янв.21
Deputat mahallada: Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari va muammolari o‘rganildi
янв.21
Infratuzilma: ishlar joyida o‘rganildi
янв.21
Bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha xonadonbay o‘rganishlar olib borildi
янв.21
Bozorlarda narx-navo deputat nazoratida: G‘urumsaroy dehqon bozorida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tog‘lar bag‘rida — yoshlar orzulari sari yo‘l
янв.21
DEPUTAT QABULI: NAVBATDAGI QABUL O‘TKAZILDI
Mahalliy Kengashlarning nazorat funksiyasini kuchaytirish, deputatlar faoliyati samaradorligini oshirish hamda hududlarda qabul qilingan qarorlar ijrosini bevosita joyida o‘rganish maqsadida belgilangan 24 ta muhim tavsiya asosida navbatdagi deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi.


O‘rganish Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev, Kengash kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova ishtirokida 2-Saxovat saylov okrugi hududidagi Ipakchi mahallasi Bog‘chasaroy ko‘chasida olib borildi.

Unda mazkur ko‘chadagi umumiy foydalanishdagi ikki qavatli uyda istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun muhim bo‘lgan infratuzilma masalasining ijrosi, xususan, umumiy hojatxonani ta’mirlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning yakuniy bosqichi ko‘zdan kechirildi.

Mazkur ishlar Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 8-iyundagi VII-27-42-11-168-K/26-son qaroriga muvofiq, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan.

Deputatlar o‘rganish davomida amalga oshirilgan qurilish-ta’mirlash ishlarining holatini joyida ko‘zdan kechirdilar. Yakuniy bosqichda ayrim kamchiliklar mavjudligi aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

O‘rganish yakunlari shuni ko‘rsatadiki, Kengash tomonidan qabul qilingan qarorlarning amaliy ijrosini joyiga chiqib nazorat qilish mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etishga xizmat qilmoqda. Mazkur masala ijrosi deputatlik nazoratida qoladi.

Slide 1 of 8