Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xo‘jaobod mahallasida Kengash raisi tashabbusi bilan ichki yo‘lni asfaltlash ishlari boshlandi
янв.21
Deputat mahallada: Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari va muammolari o‘rganildi
янв.21
Infratuzilma: ishlar joyida o‘rganildi
янв.21
Bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha xonadonbay o‘rganishlar olib borildi
янв.21
Bozorlarda narx-navo deputat nazoratida: G‘urumsaroy dehqon bozorida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tog‘lar bag‘rida — yoshlar orzulari sari yo‘l
янв.21
DEPUTAT QABULI: NAVBATDAGI QABUL O‘TKAZILDI
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati X.Nazarova tomonidan saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuv va murojaatlar asosida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida Qo‘qon shahar “At-Termiziy” MFY, Bog‘i Rahmat ko‘chasi 20-A-uyda yashovchi fuqaro M.Mamajonova murojaat qildi.

Murojaatda fuqaro M.Mamajonovaning oilasida 2 nafar nogiron borligi hamda uzoq yillardan buyon og‘ir kasal ekanligi sababli, bepul davolanishi uchun yo‘llanma so‘rab amaliy yordam so‘ralgan. Mazkur masalaga amaliy yechim topish munosabati bilan deputat tomonidan Qo‘qon shahar Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i K.Sirojiddinovga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida fuqaro M.Mamajonovaning oilasida 2 nafar nogiron borligi va uzoq yillardan buyon og‘ir kasalligini inobatga olgan holda, bepul davolanishi uchun yo‘llanma berish masalasida amaliy yordam ko‘rsatish hamda belgilangan tartibga ko‘ra qanday ishlar amalga oshirilishi mumkinligi yuzasidan batafsil ma’lumot berish so‘ralgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, qonunchilikda belgilangan tartibda deputatlik so‘roviga javob taqdim etilishi hamda amalga oshirilgan ishlar haqida qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2