Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xo‘jaobod mahallasida Kengash raisi tashabbusi bilan ichki yo‘lni asfaltlash ishlari boshlandi
янв.21
Deputat mahallada: Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari va muammolari o‘rganildi
янв.21
Infratuzilma: ishlar joyida o‘rganildi
янв.21
Bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha xonadonbay o‘rganishlar olib borildi
янв.21
Bozorlarda narx-navo deputat nazoratida: G‘urumsaroy dehqon bozorida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tog‘lar bag‘rida — yoshlar orzulari sari yo‘l
янв.21
DEPUTAT QABULI: NAVBATDAGI QABUL O‘TKAZILDI
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#deputat_faoliyati
#24_ta_masala

Mahalladagi bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlariga e’tibor qaratildi

“Limonzor” mahallasida aholi bandligini ta’minlash, xonadonlarning daromad manbalarini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati S.Shaydilov tomonidan 17-“Limonzor” saylov okrugiga qarashli mazkur mahallada hokim yordamchisining kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash yo‘nalishidagi faoliyatiga e’tibor qaratildi.

O‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 15-yanvardagi KQ-35-V-son qarorida belgilangan mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining muhim yo‘nalishlari asosida olib borildi. Xususan, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ishlarning amaliy natijalariga e’tibor qaratildi.

Mahalladagi xonadonbay ishlar, ehtiyojmand oilalarni aniqlash, ishsiz fuqarolarni ishga yo‘naltirish, kasb-hunarga o‘qitish va o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlaridan foydalanish holati ko‘rib chiqildi.

Joylardagi o‘rganishlar davomida fuqarolar xonadonlariga kirib borilib, issiqxona xo‘jaligini yuritayotgan, limonchilik bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar bilan suhbatlashildi. Ular bilan muloqotda mavjud sharoitlar, faoliyatni kengaytirishga to‘sqinlik qilayotgan masalalar va kelgusidagi ehtiyojlar yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Xonadonlarda qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish, bandlikni ta’minlash va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2