Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xo‘jaobod mahallasida Kengash raisi tashabbusi bilan ichki yo‘lni asfaltlash ishlari boshlandi
янв.21
Deputat mahallada: Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari va muammolari o‘rganildi
янв.21
Infratuzilma: ishlar joyida o‘rganildi
янв.21
Bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha xonadonbay o‘rganishlar olib borildi
янв.21
Bozorlarda narx-navo deputat nazoratida: G‘urumsaroy dehqon bozorida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tog‘lar bag‘rida — yoshlar orzulari sari yo‘l
янв.21
DEPUTAT QABULI: NAVBATDAGI QABUL O‘TKAZILDI
"Manguzar" mahallasida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar tizimli davom ettirilmoqda
Inson qadri, uning manfaatlari va farovonligini ta’minlashga qaratilgan islohotlar doirasida Termiz shahrining barcha mahallalarida aholi daromadlarini oshirish, bandligini ta’minlash hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Termiz shahar hokimi, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati Sh.Lolayev hamda mutasaddi rahbarlar ishtirokida “Manguzar” mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati muhokama qilindi.

Dastlab, mahalla yettiligi tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisobot tinglanib, mavjud muammolar, erishilgan natijalar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar ko‘rib chiqildi.

Shundan so‘ng “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalarni xonadonbay xatlovdan o‘tkazish va ular bilan bevosita muloqot qilish ishlari davom ettirildi. Har bir oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati, mavjud imkoniyatlari va ehtiyojlari o‘rganilib, muammolarni hal etish yuzasidan manzilli choralar belgilandi.

O‘rganishlar davomida mehnatga layoqatli fuqarolarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilinib, ularni kasb-hunarga o‘qitish, qayta tayyorlash va bandligini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, yosh oilalardagi farzandlarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olish orqali onalarning mehnat faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun zarur sharoitlarni yaratish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolarga esa imtiyozli kredit, subsidiya va boshqa qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Shahar rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar faqat statistik ko‘rsatkichlarni yaxshilash yoki oilalarni reyestrdan chiqarishga qaratilmasligi, eng avvalo, har bir oilaning barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi, o‘zini o‘zi ta’minlashi va munosib turmush sharoitiga ega bo‘lishiga xizmat qilishi lozimligi alohida ta’kidlandi.

“Manguzar” mahallasida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar “mahalla yettiligi”ning o‘zaro hamkorligi va manzilli yondashuvi asosida izchil davom ettiriladi. Asosiy maqsad — har bir oilaning imkoniyatini ro‘yobga chiqarish, daromadini oshirish va mahallani kambag‘allikdan xoli hududga aylantirishdir.
Slide 1 of 6