Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xo‘jaobod mahallasida Kengash raisi tashabbusi bilan ichki yo‘lni asfaltlash ishlari boshlandi
янв.21
Deputat mahallada: Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari va muammolari o‘rganildi
янв.21
Infratuzilma: ishlar joyida o‘rganildi
янв.21
Bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha xonadonbay o‘rganishlar olib borildi
янв.21
Bozorlarda narx-navo deputat nazoratida: G‘urumsaroy dehqon bozorida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tog‘lar bag‘rida — yoshlar orzulari sari yo‘l
янв.21
DEPUTAT QABULI: NAVBATDAGI QABUL O‘TKAZILDI
Yoshlar bilan muhim masalalar yuzasidan muloqot o‘tkazildi

Suhbat davomida yoshlarni jamiyat va davlat boshqaruvida faol ishtirok etishga keng jalb qilish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlarga oid masalalarni hal etishda yoshlarning fikr va takliflarini inobatga olish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, norma ijodkorligi jarayonida yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, xususan, yoshlarga oid qaror loyihalarini ishlab chiqish, ularni muhokama qilish va takliflar bildirishda Yoshlar maslahat guruhi a’zolarining rolini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot jarayonida yoshlarning huquqiy va siyosiy bilimlarini oshirish, ularni jamoatchilik ishlariga keng jalb etish, tashabbuskor va faol yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Yoshlarning qonun ijodkorligi va qarorlar qabul qilish jarayonidagi ishtiroki ularning manfaatlarini ifoda etish, joylardagi dolzarb masalalarga yechim topish hamda yoshlar siyosati samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 2