Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xo‘jaobod mahallasida Kengash raisi tashabbusi bilan ichki yo‘lni asfaltlash ishlari boshlandi
янв.21
Deputat mahallada: Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari va muammolari o‘rganildi
янв.21
Infratuzilma: ishlar joyida o‘rganildi
янв.21
Bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha xonadonbay o‘rganishlar olib borildi
янв.21
Bozorlarda narx-navo deputat nazoratida: G‘urumsaroy dehqon bozorida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tog‘lar bag‘rida — yoshlar orzulari sari yo‘l
янв.21
DEPUTAT QABULI: NAVBATDAGI QABUL O‘TKAZILDI
Kuz-qish mavsumiga elektr tarmoqlari tayyorgarligi o‘rganildi

O‘rganish jarayonida aholi va ijtimoiy soha ob’ektlarini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash, kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozlik va uzilishlarning oldini olish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, elektr transformatorlarini ta’mirlash, quvvati va texnik holati talabga javob bermaydigan transformatorlarni yangilariga almashtirish, shuningdek, yaroqsiz holga kelgan simyog‘ochlarni temir-beton ustunlarga almashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, elektr tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash, mavjud muammolarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish, iste’molchilarga elektr energiyasini uzluksiz yetkazib berish hamda aholi murojaatlari bilan samarali ishlash masalalari tahlil qilindi.

Mas’ullarga kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish, elektr ta’minotida uzilishlarning oldini olish, ta’mirlash va modernizatsiya ishlarini sifatli yakunlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganishlar deputatlik nazoratini kuchaytirish, elektr energetika infratuzilmasini yaxshilash va kuz-qish mavsumida aholi hamda ijtimoiy soha ob’ektlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan.

Slide 1 of 4