💧6 ming gektarga hayot suvi!
Xalq deputatlari tuman Kenhashi deputati, tuman hokimi G’.Murodxoʻjayev boshchiligida tumandagi Nayman kanalining 1-bosqichi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
Umumiy uzunligi 14,1 km bo‘lgan kanalning birinchi bosqichida 5 km qismi betonlashtirilib, bu ishlarga 7 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
Ayni paytda loyihaning 2-bosqichida qolgan 9,1 km masofada betonlashtirish ishlari davom etmoqda. Ushbu bosqich uchun 13 milliard so‘m ajratilgan.
Nayman va Pop–Yakkatut MMTP hududlaridagi 6 ming gektar maydonni suv bilan ta’minlaydigan, suv olish qobiliyati sekundiga
7 kub metr bo‘lgan kanal — dehqonlar uchun muhim bunyodkorlik tuhfasidir!