Sessiya qarori ijrosi amalda: Chig‘anoq mahalla binosida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari nazorat qilindi
Tuman Kengashi doimiy komissiya raisi E.Oʻrmonov hamda kotibiyat xodimlari bilan birgalikda tuman Kengashning 17-sessiyasida VII-17-2-6-84-K/26-sonli qarori bilan ko‘rib chiqilgan 2025-yil 8-oktabrdagi PQ-298-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Chig‘anoq mahalla yettiligi binosida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” dasturi doirasida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash, obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlari joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.
Mas’ullarga belgilangan vazifalarni sifatli va o‘z muddatida bajarish, amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini ta’minlash hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.