35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Sessiya oldi doimiy komissiya tomonidan joyiga chiqib tashkilot rahbarining hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Iskovut mahallasida profilaktika va soliq intizomi masalalari muhokama qilindi
янв.21
Temir yo‘l muhofaza zonasida tartibga keltirish ishlari olib borildi
янв.21
Kengash raisi Muqumiy mahallasida bunyodkorlik ishlarini muhokama qildi
янв.21
Ipak yo‘li mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda liftlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Shayxon mahallasida 3,6 kilometr ichki yo‘l asfaltlandi
янв.21
Chodak hududida mahalla yettiligi va nuroniylar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Sino Shifo xususiy klinikasida tibbiy xizmatlar faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zosi Nasrullayev Baxtiyor Fayzulla o‘g‘li Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida o‘z takliflarini bildirdi
#ekspert_fikri #doimiykomissiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zosi Nasrullayev Baxtiyor Fayzulla o‘g‘li Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida o‘z takliflarini bildirdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim sohasiga oid qator dolzarb masalalar muhokama qilindi. Mazkur yig‘ilishda Toshkent shahar Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zosi sifatida ishtirok etib, bir qator amaliy takliflarimni ilgari surdim.

🏥 Avvalo, hisobotlarda nafaqat davlat muassasalari, balki xususiy tibbiyot muassasalari, xususiy bog‘chalar, oromgohlar va boshqa xususiy tashkilotlar faoliyati ham to‘liq aks ettirilishi zarurligini ta’kidladim. Xususan, ushbu muassasalarda sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya etilishi, emlash holati hamda o‘tkazilgan tekshiruvlar natijalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berilishi muhimligini qayd etdim.

📢 Shuningdek, aholi o‘rtasida iste’molchilik madaniyatini shakllantirish bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot ishlarini kuchaytirish zarurligini bildirdim. Fuqarolar xususiy klinikalar, bog‘chalar, oromgohlar hamda umumiy ovqatlanish obyektlari xizmatlaridan foydalanishda sanitariya talablariga rioya etilganligi haqidagi ma’lumotlarni talab qilish madaniyatini rivojlantirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekanini ta’kidladim.

🤝 Yana bir muhim taklifim davlat organlarining ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorligini kengaytirishga qaratildi. Bunday hamkorlik qo‘shimcha grant mablag‘larini jalb etish, ijtimoiy muammolarni tezroq hal qilish hamda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

🔺 Bundan tashqari, tadbirkorlar o‘rtasida nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilish uchun belgilangan imtiyoz va preferensiyalar bo‘yicha keng targ‘ibot ishlarini olib borishni taklif qildim. Ushbu yo‘nalishda Respublika Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazining Toshkent shahar filiali tomonidan amaliy ko‘mak berishga tayyor ekanligimni ham bildirdim.

✅ Ishonchim komilki, doimiy komissiya yig‘ilishlarida bildirilayotgan ana shunday amaliy takliflar sog‘liqni saqlash, ta’lim va ijtimoiy himoya tizimlarini yanada takomillashtirish, aholining hayot sifatini oshirish hamda davlat va jamoatchilik hamkorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

🗣Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zosi - Baxtiyor Nasrullayev

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash
Slide 1 of 1