Shayxon mahallasida 3,6 kilometr ichki yo‘l asfaltlandi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Abdurahimov kunlik ish rejasiga muvofiq Shayxon mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
"Open byudjet" loyihasi doirasida mahalla hududidagi Ismoil Atoi, Do‘stlik, Beruniy va Bodomzor ko‘chalarida asfaltlash ishlari amalga oshirilib, jami 3,6 kilometr ichki yo‘l zamonaviy asfalt qoplamasi bilan ta’minlandi. Mahalla aholisi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitini yaratish, transport qatnovini yaxshilash hamda hudud infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Deputat N. Abdurahimov olib borilgan o‘rganish davomida bajarilgan ishlar sifati ko‘zdan kechirilib, qurilish ishlari belgilangan me'yor va talablarga muvofiq amalga oshirilayotgani ta'kidlandi.Yo‘llardan samarali foydalanish va ularni asrab-avaylash bo‘yicha mas'ullarga tegishli tavsiyalar berildi.