Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Mahalla ustozi» tizimi joriy etiladi
янв.21
Hazratibob mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘ldirgani
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi nazorat qilindi
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
МАҲАЛЛАГА ЗАМОНАВИЙ БИНО ТУҲФА ЭТИЛДИ
янв.21
Ҳудудларда ўрганиш ишлари изчил давом этмоқда
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashi deputati E.Tursunov tomonidan hududdagi mahallalarda aholi, ayniqsa yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Hududdagi investitsiyalar bo‘yicha holatini o’rganish
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-134-son qarori ijrosi amalda
Tuman Madaniyat bo‘limi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy-tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan tuman deputatlari M.Aynashova tomonidan tuman Madaniyat bo‘limida amalga oshirilayotgan ishlar, sohadagi mavjud holat hamda aholiga madaniy xizmatlar ko‘rsatish sifati o‘rganildi.

🔺O‘rganish jarayonida Madaniyat bo‘limi rahbari D.Raimjonova bilan suhbat o‘tkazilib, madaniyat markazlari, to‘garaklar faoliyati, aholining, ayniqsa, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish, xalq og‘zaki ijodi va havaskorlik san’atini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish, joylarda konsert dasturlari, festivallar, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar va boshqa tadbirlarni muntazam o‘tkazish holati ham ko‘zdan kechirildi.

🔺Deputat tomonidan muassasaning moddiy-texnik bazasi, bino-inshootlar holati, sahna jihozlari, ovoz kuchaytirish vositalari, musiqa asboblari, mebel va boshqa inventarlarning holati ham o‘rganildi. Shu bilan birga, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha bo‘limga 5,6 mlrd. so‘m miqdorda mablag‘lar talab etilayotganligi ma’lum qilindi.

🔺O‘rganish yakunida madaniyat sohasida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish, madaniyat markazlari faoliyati samaradorligini kuchaytirish, yoshlarni san’at va ijodga keng jalb etish, milliy an’ana va qadriyatlarni targ‘ib qilish yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, bo‘limning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida mas’ul rahbarlarga deputat so‘rovi yuborilishi kelishib olindi.

Slide 1 of 2