Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Mahalla ustozi» tizimi joriy etiladi
янв.21
Hazratibob mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘ldirgani
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi nazorat qilindi
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
МАҲАЛЛАГА ЗАМОНАВИЙ БИНО ТУҲФА ЭТИЛДИ
янв.21
Ҳудудларда ўрганиш ишлари изчил давом этмоқда
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashi deputati E.Tursunov tomonidan hududdagi mahallalarda aholi, ayniqsa yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Hududdagi investitsiyalar bo‘yicha holatini o’rganish
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-134-son qarori ijrosi amalda
Mahalla xodimlari faoliyati bilan tanishildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov tumanning “Tolebi” mahallasiga biriktirilgan ijtimoiy xodim va hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi.

🔺O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand oilalar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar, ularga ijtimoiy xizmat va ko‘maklarni tashkil etish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda muammolarni hal etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishildi.

🔺Shuningdek, hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish, o‘zini o‘zi band qilish va tadbirkorlikka jalb etish, kasb-hunarga o‘qitish, imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratish orqali oilalar daromadini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Amalga oshirilayotgan loyihalarning holati, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholining iqtisodiy faolligini oshirish yuzasidan belgilangan vazifalarning ijrosiga alohida e’tibor qaratildi.

🔺Aniqlangan kamchiliklarni hal etish, ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 1