Deputatlik so‘rovi ijrosi nazorat qilindi
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashi kotibiyati xodimlari hamda tuman Kengashi 9-G‘urumsaroy saylov okrugi deputati U.Esonaliyev tomonidan deputatlik so‘roviga ijobiy yechim topilganligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Jumladan, G‘urumsaroy MFY aholisi tomonidan Mustaqillik ko‘chasining markaziy qismida harakat xavfsizligini ta’minlash va transport vositalari harakatini tartibga solish maqsadida yo‘l belgisi o‘rnatish bo‘yicha bildirilgan murojaat ijrosi ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida tuman Yo‘llardan foydalanish davlat unitar korxonasi xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va ularning sifatli bajarilishi nazorat qilindi. Mazkur tadbirlar hududda yo‘l harakati xavfsizligini oshirish hamda fuqarolar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratishga xizmat qilmoqda.