Yangiliklar

🌱 “Bir yaxshilik haqida” – Kelajak soati

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Sayfiddinova Pop tumanidagi 40-sonli umumta’lim maktabida “Kelajak soati” doirasida “Bir yaxshilik haqida” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy darsda ishtirok etdi.

Dars davomida yaxshilikning inson hayotidagi o‘rni, mehr-oqibat, saxovat va insonparvarlik fazilatlari haqida suhbat olib borildi. O‘quvchilar o‘z hayotlarida qilgan yoki guvoh bo‘lgan yaxshiliklar haqida fikr almashib, ezgulikning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini ta’kidladilar.

Shuningdek, maktabda yapon tarbiyasi tamoyillari yo‘lga qo‘yilgani e’tiborga sazovor. Intizom, tozalik, o‘z-o‘ziga xizmat qilish va jamoaviy mas’uliyat kabi qadriyatlar o‘quvchilarning kundalik faoliyatida amalda qo‘llanmoqda.

Slide 1 of 6