Yangiliklar

Mahalla ichki yo‘llari holati deputat e’tiborida

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan Xalq deputatlari Karmana tuman Kengashi deputati A.Jo‘rayev tomonidan Yangiobod MFY hududidagi ichki yo‘llar holati oʻrganildi.

O‘rganish davomida mahalla hududidagi bir qator ko‘chalarda ichki yo‘llarning ta’mirtalab ahvolda ekani aniqlandi. Jumladan, Yangihayot ko‘chasining 1,8 kilometr qismi, Yangi O‘zbekiston ko‘chasining 2,3 kilometr qismi, Yangiobod ko‘chasining 900 metr qismi, Urganji ko‘chasining 500 metr qismi, Bunyodkor ko‘chasining 1,8 kilometr hamda Ustozlar ko‘chasining 2,8 kilometr qismi jiddiy ta’mirtalab holatda ekani qayd etildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hamda zarur choralarni ko‘rish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi kiritish bo‘yicha kelishib olindi.

Slide 1 of 7