🌟 Piskentda yosh volontyorlar birlashdi!
Piskent tumanida O'zLiDeP Toshkent viloyati Kengashi Yoshlar bo‘limi
tomonidan tashkil etilgan “O'zLiDeP volontyorlik klubi” loyihasi doirasida
navbatdagi tadbir bo‘lib o‘tdi.
🎤 Tadbirni loyiha koordinatori, xalq deputatlari Piskent tuman Kengashi
deputati Zaynab Maxmudova olib bordi. U o‘z nutqida volontyorlik harakatining
naqadar muhimligi, yoshlarni ijtimoiy faollikka chorlash va jamiyatda
hamjihatlikni mustahkamlash lozimligini ta’kidladi.
Uchrashuv davomida: ✅ Loyihaning maqsad va vazifalari atroflicha
tushuntirildi; ✅ Yoshlarning yangi tashabbuslari va takliflari
tinglandi; ✅ Kelgusida amalga
oshiriladigan xayrli ishlar rejasi belgilab olindi.
Tadbir yakunida jamiyat rivojiga hissa qo‘shib kelayotgan eng faol yosh
volontyorlarga alohida minnatdorchilik bildirildi. 🤝 Bizning kuchimiz — birlikda va beg‘araz ko‘makda