Yangiliklar

Deputat mahallada

 📚 Axborot-kutubxona markazining holati deputat nazoratida 

Piskent tumanidagi Axborot-kutubxona markazida (AKM) xalq deputatlari tuman
Kengashi deputati D.Komilova tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
 

O‘rganish davomida ma’naviyat maskanining bugungi holati ko‘zdan
kechirildi. Afsuski, kitobxonlar uchun xizmat qilayotgan ushbu binoning holati
talabga javob bermasligi aniqlandi.
 

Asosiy muammolar: ⚠️ Binoning ta’mirtalabligi: Kutubxona binosi ma’nan
eskirgan va kapital ta’mirga muhtoj;
⚠️ Sharoitlar: Kitobxonlar, ayniqsa yoshlar uchun
zamonaviy va qulay muhit yaratilish kerakligi.
 

"Kitob — bilim manbai, lekin ushbu bilimni olish uchun birinchi
navbatda munosib sharoit va xavfsiz bino kerak", — deya ta’kidladi
deputat.
  

Slide 1 of 2