Bog‘chadagi ovqat sifati deputat nazoratida
12-Saidabod saylov okrugi deputati N.Ubaydullayeva Saidobod MFYdagi
19-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, bolalarning ovqatlanish
sharoitlarini o‘rgandi.
Asosiy ko‘zdan kechirilgan jihatlar:
✅ Mahsulotlarning sifati va yangiligi;
✅ Taomnomaning meyorlarga mosligi;
✅ Oshxona va omborxonadagi sanitariya holati.
Deputat mas’ullarga bolalar salomatligi yo‘lida oziq-ovqat sifatini doimiy
nazoratda ushlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Farzandlarimiz
salomatligi va xavfsizligi — bosh mezon!