Yoshlar kelajagi — doimiy e’tiborda
12-Saidabod saylov okrugi deputati N.Ubaydullayeva mahalla yoshlar
yetakchisi bilan uchrashib, amalga oshirilgan ishlar samaradorligini tahlil
qildi.
Muloqotning asosiy nuqtalari:
Bandlik: Yoshlarni ish bilan ta’minlash va tadbirkorlikka jalb etish
natijalari;
Sarhisob: O‘tkazilgan tadbirlarning yoshlar hayotidagi amaliy ta’siri;
Rejalar: 2026-yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar va yangi loyihalar.
Deputat yetakchining kelgusi yil uchun ish rejasi bilan tanishib,
muammolarni bartaraf etish va yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash
bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.
Maqsad aniq: Mahalladagi har bir yigit-qizning ijtimoiy faolligini oshirish
va bandligini ta’minlash.