Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi 14-mart kuni o‘tkaziladi
Bu haqda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi raisi Sh.Negmatovning 11-martda qabul qilgan "Xalq deputatlari viloyat Kengashining yettinchi chaqiriq, sakkizinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida"gi Farmoyishida ma’lum qilindi.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar koʻrib chiqiladi:
-“O‘zbekiston - 2030” strategiyasining ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan viloyat hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Z.Saidovaning hisoboti;
-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri M.Turdiyevning viloyatda aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash holati yuzasidan axboroti haqida;
-viloyatda ichimlik suvi va oqova tizimini takomillashtirish yuzasidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlari hamda 2025-yilga mo‘ljallangan ishlari yuzasidan “Samarqand suv ta’minoti” aksiyadorlik jamiyati direktori T.Boboyevning hisoboti;
-xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida;
-viloyatda 2025-yil “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida tanlangan mahallalarda elektr energiyasi barqaror yetkazib berilishini yaxshilash hamda ichki yo‘llarni ta’mirlash yo‘nalishi bo‘yicha dasturga kiritilgan takliflarni ko‘rib chiqish va ma’qullash haqida;
-viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;
-boshqa masalalar.