Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashining 13-Zandani saylov okrugi deputati I.Berdiyeva aholi bilan uchrashib, ular tomonidan tushayotgan murojaatlar mas’ul xodimlar ishtirokida birma-bir ko‘rib chiqildi. Asosiy e’tibor, murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratilib, qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituviga olingan murojaatlar yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi
Shuningdek, deputat I.Berdiyeva hududdagi ijtimoiy ahvoli og‘ir xonadonlarga kirib oziq-ovqat mahsulotlari berildi va aholi murojaatlariga asosan hududdagi tozalik hamda hashar ishlariga ko‘maklashildi.