Yangiliklar

#Mahalla Obodligi

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati A.Djabborov tomonidan o‘ziga biriktirilgan hududlarda olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari doimiy ravishda o‘rganib borilmoqda. Jumladan, Hamza mahallasida joylashgan mahalla binosida olib borilayotgan qurilish ishlari deputat nazoratiga olingan.

Ayni kunlarda bino qurilishining ichki qismida bo‘yash va pardozlash ishlari jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda. Barcha ishlar belgilangan loyiha asosida, sifat va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etilgan holda olib borilmoqda.

Slide 1 of 3