Yangiliklar

#DEPUTAT NAZORATI

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati S. Shokirova tomonidan oʻziga biriktirilgan Bunyodkor mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari doimiy nazorat qilib borilmoqda. Xususan, mahalla yettiligi uchun qulay va zamonaviy shart-sharoitlar yaratish maqsadida barpo etilayotgan yangi bino qurilish ishlari o‘rganib chiqildi.

Bugungi kunda ushbu obyektda ta’mirlash va qurilish ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. Qurilish ishlari belgilangan loyiha asosida, sifat talablariga to‘liq rioya etilgan holda olib borilmoqda.

Mazkur bino foydalanishga topshirilgach, mahalla yettiligi faoliyatini yanada samarali tashkil etish, fuqarolar bilan ishlashda qulayliklar yaratish hamda mahallada ijtimoiy muhitni yaxshilashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Slide 1 of 4