Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqaro murojaati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolarning murojaati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 9-Botmon saylov okrugidan saylangan deputati Z.Turdiyev tomonidan o‘z saylov okrugida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishiga ko‘maklashish, shuningdek, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan 28-oilaviy poliklinikada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-noyabrdagi 718-son qarori yuzasidan o‘rganish va tushuntirish ishlari olib borildi.
янв.21
Ko‘lto‘sin mahallasida yangi poliklinika qurilishi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova tomonidan tumandagi 73-maktabda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 388-son “Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarini samarali amalga oshirish hamda ularning tadbirkorlik faoliyati uchun mikrokreditlar ajratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati yuzasidan tadbir ishtirokchilariga tushuntirish berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov tomonidan G‘allakor mahallasida fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi M. Musurmonov tomonidan Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 17-fevraldagi VII-22-20-7-100-K/26-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N. Ochilova tomonidan 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI VA MUNOSIB ISH O‘RINLARI – BARCHAMIZNING BOSH MAQSADIMIZ

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifi, xususan, “Kegeyli baraka naslli parranda” korxonasi faoliyati bilan tanishuvi biz, xalq vakillari, qolaversa, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi faollari uchun g‘oyat ahamiyatli va quvonchli voqea bo‘ldi.

“Adolat” SDPning asosiy maqsadlaridan biri – aholi bandligini ta’minlash, munosib va yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratish, shuningdek, yurtimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash orqali xalqimizning ijtimoiy farovonligini yuksaltirishdir. Kegeyli tumanida ishga tushirilgan mazkur yirik majmua faoliyati partiyamizning ana shu ustuvor g‘oyalariga to‘la hamohangdir.

Birinchidan, loyihaning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati beqiyos. Umumiy qiymati 7,8 million dollar bo‘lgan va 21 gektar maydonni egallagan ushbu korxona ishga tushishi natijasida 70 nafar mahalliy aholi doimiy ish oʻrniga ega boʻlgani bu hududda shuncha xonadonga qut-baraka kirdi, deganidir. Korxonaning tuman budjetiga 4,8 milliard soʻm tushum keltirayotgani esa mahalliy infratuzilmani rivojlantirishga qo‘shilgan ulkan hissadir.

Ikkinchidan, hududning oziq-ovqat mustaqilligi ta'minlanmoqda. Ilgari Qoraqalpogʻistonga tovuq va tuxum mahsulotlari mamlakatimizning boshqa hududlaridan keltirilgan bo‘lsa, endilikda bu ehtiyoj o‘zimizda qondirilmoqda. Yiliga 27,5 million dona inkubatsion tuxum yetishtirilishi va majmuaning o‘zida sutkasiga 100 tonna yem ishlab chiqarish quvvatiga ega zavod qurilgani jarayonlarning to‘liq va uzluksiz zanjirini yaratgan. Bu sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan xalqimiz dasturxonini boyitish kafolatidir.

Uchinchidan, eksport salohiyati va kelajakdagi istiqbollar. Korxona qisqa fursatda nafaqat ichki bozorni ta'minlab, balki Afgʻonistonga 1,1 million dollarlik mahsulot eksport qilishga ulgurgani tahsinga sazovor. Yil yakuniga qadar yana 8,5 gektar maydonda qiymati 5 million dollarlik yangi fabrikaning ishga tushirilishi va yangi ish o‘rinlari yaratilishi hudud iqtisodiyoti uchun qo‘shimcha drayver bo‘ladi.

Prezidentimizning bunday majmualar kelgusida yirik parrandachilik xoldinglariga aylanib, yuqori maoshli ish o‘rinlarini yaratishi kerakligi haqidagi ko‘rsatmalari biz, mahalliy Kengash deputatlari zimmasiga ham katta mas'uliyat yuklaydi. Qo‘shni Kegeyli tumanidagi bunday ijobiy va yuksak natijali tajribani Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashidagi faoliyatimiz davomida o‘rganishimiz, o‘z hududimizda ham shunday innovatsion va eksportbop loyihalarni ko‘paytirish bo‘yicha tadbirkorlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashimiz zarur.

Biz, “Adolat” SDP deputatlari, yurtimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, aholini ish bilan qamrab olish va iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishga qaratilgan bu kabi ezgu islohotlarni har doim qo‘llab-quvvatlaymiz hamda ularning ijrosini ta'minlashda xalq xizmatida bo‘lishdan charchamaymiz.

Muzaffar YESHCHANOV,
“Adolat” SDP dan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati