Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N. Ochilova tomonidan 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-iyundagi 277-son qarori asosida tashkil etilib, ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazishga tayyorgarligi, isitish tizimi va mavjud shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mavsum davomida xavfsizlik va barqaror faoliyatni ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.