📄 Raqam: 121-ds-448-26
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati tomonidan Shovot tumani hokimligining Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i Babajanov Ulug‘bek Baxtiyarovich nomiga deputat so‘rovi yuborildi.
So‘rovda quyidagi ma’lumotlarni taqdim etish so‘ralgan:
✅ Shovot tumanida o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni va ularning faoliyat yo‘nalishlari;
✅ Ularni aniqlash, ro‘yxatdan o‘tkazish hamda qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar;
✅ Mavjud muammolar, to‘siqlar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar;
✅ 2024–2026-yillarda norasmiy bandlikni qisqartirish va qonuniy mehnat faoliyatini kengaytirish yuzasidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar;
✅ O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yaratilgan imkoniyatlar, imtiyozlar va davlat ko‘magi.
📌 Deputat so‘rovi qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi hamda 10 kun muddatda asoslantirilgan yozma javob taqdim etilishi so‘ralgan. So‘rov deputatning nazorat vakolatlari doirasida yuborilgan bo‘lib, amaldagi qonunchilikka tayangan holda rasmiylashtirilgan.