#Kotibiyat_mudiri_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov kunlik ish rejasiga muvofiq Juvozxona mahallasida bo‘lib, mahalla raisi bilan birgalikda o‘rnatilgan quyosh panellari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida quyosh panellaridan foydalanish holati, ularning samaradorligi hamda aholi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, muqobil energiya manbalaridan samarali foydalanish, energiya tejamkorligini oshirish va bu boradagi ishlarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|