❇️Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-85-son Farmoni ijrosi yuzasidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
❇️Mazkur masala navbatdagi tuman Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi belgilandi.
❇️Shu munosabat bilan Pastdarg‘om tumani kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limiga Farmon ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar, mavjud muammolar hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan tegishli ma’lumotlarni taqdim etish so‘raldi.
❇️Doimiy komissiya tomonidan ushbu yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati tartibida o‘rganiladi.