#DK_qarori
Tumandagi geografik obyektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi va qaror qabul qilindi.
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida tumandagi geografik obyektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining ekspert xulosasiga ko‘ra qonun talablariga muvofiq deb topilgan 307 ta ko‘cha (tor va berk)lar nomlari taklifi ko'rib chiqildi.
Ushbu masala Xalq deputatlari Payariq tumani
Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritilishi belgilandi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|