#162_Qonun
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 13-O‘zbekiston saylov okrugidan saylangan deputati F.Shakarov tomonidan fuqarolar bilan yaqindan suhbat o‘tkazildi.
Muloqot davomida "Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-627, 2020-yil 8-iyul) mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi. Xususan, ov qilishning qonuniy tartiblari, yovvoyi hayvonot dunyosini muhofaza qilish, noqonuniy ovning oldini olish hamda fuqarolarning ushbu yo‘nalishdagi huquq va majburiyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, fuqarolarning fikr va takliflari tinglanib, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|