#24_ta_masala
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 3-Paxtakor saylov okrugidan saylangan deputati M.Musurmanov Birlashuv mahallasining Shabboda ko‘chasida ko‘cha boshi Mardiyev Xabibullo bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida hududdagi elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar muhokama qilindi. Xususan, eskirgan 100 ta simyog‘ochni beton tayanch ustunlarga almashtirish hamda 1 ta transformatorni yangilash zarurligi bildirildi.
Deputat murojaatni deputatlik nazoratiga olib, masalani ijobiy hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishini ma’lum qildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|