#Kotibiyat_mudiri_faoliyati
#Madad_NNT_bilan_hamkorlik
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda "Madad" nodavlat notijorat tashkiloti tuman rahbari O‘.Egamberdiyev tomonidan Go‘zal mahallasida mahalla raisi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida mahalladagi ijtimoiy muhit, fuqarolar murojaatlari, huquqiy yordamga ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash hamda mahallada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, aholi muammolarini o‘z vaqtida hal etish, davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligini yanada kuchaytirish hamda fuqarolarga huquqiy ko‘mak ko‘rsatish samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|