#162_Qonun
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B. Shakarov tomonidan O‘zbekiston mahallasida "Yo‘l dasturi" doirasida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
O‘rganish "Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablaridan kelib chiqib tashkil etilib, ichki yo‘llarni ta’mirlash, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hamda belgilangan ishlarning borishi tahlil qilindi.
Shuningdek, yo‘l qurilishi va ta’mirlash ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda fuqarolar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan muhokama o‘tkazildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|