Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan deputat Daubayeva Bazargul Maxammatdinovna tuman Tibbiyot birlashmasida aholiga bepul beriladigan dori-darmonlar bilan ta’minlash holatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘rinbosari D.Aytimbetov bilan suhbat o‘tkazilib, bepul beriladigan dori-darmonlar va sarflov vositalari ro‘yxati bilan tanishildi.
📋 Shuningdek, mazkur dori vositalarini fuqarolarga tarqatish jurnalining yuritilishi ko‘zdan kechirilib, hisob yuritish tartibi va ta’minot holati o‘rganildi.
⚡️ Aholini sifatli tibbiy xizmat va zarur dori vositalari bilan uzluksiz ta’minlash ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.