#Kotibiyat_mudiri_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan Mirzo Ulug‘bek mahallasida xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida xotin-qizlar bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan manzilli ishlash hamda mahallada amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning holati bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va aholi murojaatlarini hal etish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli chora-tadbirlar muhokama qilinib, faoliyat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|